Diskretli sug’orish texnologiyasining afzalliklari
2025-03-10 19:00:00 / Yangiliklar
Diskret sug'orish texnologiyasini qo‘llashda suv egatlarga impulslar seriyasi va orasidagi tanaffus (pauza)lar bilan toki egat oxiriga yetgunga qadar beriladi. Ushbu texnologiya uzun (300-400 metr) va chuqur (0,18-0,25 metr) egatlarda hamda o‘rta suv o’tkazuvchan tuproqlar va nishablik 0,001-0,007 bo’lganda qo’llaniladi.

Diskret sug'orish texnologiyasi afzalliklari:
– tuproqning namlanish miqdori oshadi;
– egat uzunligi bo'yicha bir tekis namlanadi;
– suvning tashlamaga chiqishi keskin kamayadi;
– egatlarga suv berish sarfini oshirish va sug'orish davomiyligini kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
Bu oqova suv sarfini 15-20% gacha kamaytirish imkonini beradi hamda egatni uzunligi bo'yicha tuproqning bir tekis namlanishini ta'minlaydi.
