Ayol – hayot guli, mehr va ezgulik quyoshi
2025-03-07 14:30:00 / Yangiliklar

Ushbu tantanali tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziligi va universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rahbariyati ochib berib, xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi. Ayolning jamiyatdagi o‘rni, oiladagi beqiyos mehri, fidokorligi va tinimsiz sa’y-harakatlari yuksak e’tirof etildi.
Shuningdek, universitet faol ayol pedagoglari va iqtidorli talaba-qizlari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bayram dasturida universitet talabalarining ijodiy chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ayniqsa, opa-singillarimizga bag‘ishlangan kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Mazkur bayram dasturi barcha ishtirokchilarga quvonch, iliqlik va unutilmas taassurotlar baxsh etdi.






