O‘zbekiston va Slovakiya: Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi hamkorlik istiqbollari
2025-03-06 19:00:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida ikki davlat o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Ana shunday uchrashuvlarda biri Slovakiya Qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari – davlat kotibi Vladimir Vnuq bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, eksport geografiyasini rivojlantirish hamda innovatsion hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi sohasida strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar borasida tajriba almashish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga katta e’tibor qaratib kelmoqda. Slovakiya bilan yo‘lga qo‘yilgan yangi tashabbuslar esa bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘lishi shubhasiz.
