O‘zbekiston va Slovakiya: agrar sohadagi yangi loyihalar muhokama qilinmoqda
2025-03-05 14:30:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida delegatsiya vakillari boshqa sohalar bilan bir qatorda agrar sohada hamkorlikni rivojlantirish maqsadida B2G formatidagi uchrashuvlar tashkil etdilar.
Ushbu uchrashuvlar doirasida, O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, biznes vakillari va davlat sektorining yetakchilari o‘rtasida samarali muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan imkoniyatlar va o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari keng muhokama qilindi.
Slovakiya tomoni esa O‘zbekistonga katta qiziqish bildirishlarini, hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanligini qayd etdi.
Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasida barqaror va samarali hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va yangi investitsiya imkoniyatlarini yaratish borasidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.



