Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamlashtirish jarayonlari muhokama qilindi
2025-03-04 21:25:00 / Yangiliklar

Tadbir GAT texnologiyalarining zamonaviy rivojlanishi, ularning turli sohalarga ta’siri hamda amaliy qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berishga qaratildi.
Seminarda sohaga aloqador mutaxassislar va IT ekspertlari ishtirok etib, GIS texnologiyalarining quyidagi jihatlari muhokama qilindi:
– GAT texnologiyalarining asosiy tamoyillari va imkoniyatlari;
– Shaharsozlik va infratuzilma rivojlantirishda GATning o‘rni;
– Qishloq xo‘jaligi, ekologiya va tabiat resurslarini boshqarishda GATdan foydalanish;
– Transport, logistika va favqulodda vaziyatlarda GATning ahamiyati;
– Amaliy GAT dasturlari va ularning biznes hamda davlat boshqaruvida qo‘llanilishi.
Seminar davomida geoaxborot tizimlari, ularning amaliyotdagi natijalari hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan boshqarish imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Xususan, dala maydonlarining konturlarini kosmik suratlar orqali yuqori aniqlikda boshqarish masalasi muhokama markazida bo‘ldi.
GAT texnologiyalaridan samarali foydalanish turli sohalardagi jarayonlarni soddalashtirish va optimallashtirishga xizmat qiladi. Ushbu seminar ishtirokchilarga GAT tizimining innovatsion yondashuvlarini tushunish, yangi bilim va tajribalar orttirish imkonini berdi.









