O'zbekiston-Chili: Qishloq xo'jaligida yangi hamkorlik
2025-03-04 19:00:00 / Yangiliklar

Tomonlar ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion texnologiyalar, investitsiya loyihalari va iqlimga moslashuv yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. Qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni amalga oshirish, chililik qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi. Ikki davlat kompaniyalari o‘rtasida qo‘shma korxonalar tashkil etish, gilos yetishtirish, qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha tajriba almashish rejalashtirildi.
Uchrashuv yakunida Chili qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish, idoralararo hamkorlik bitimini imzolash va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ishchi guruh tuzishga kelishildi.




