Pitaya ekzotik mevasi
2025-03-04 10:45:00 / Yangiliklar
Ushbu meva Pitaya, pitaxaya yoki ajdaho mevasi sifatida ham keng tanilgan bo’lib, kaktusda o‘sadigan ekzotik meva. Balandligi 2-10 metrgacha yetadi.

Po‘stlog‘i qizil, sariq yoki zangori ranglarda, eti oq yoki qizil bo'lib, mayda qora urug‘chalardan iborat. Ta'mi nafaqat shirin va tetiklantiruvchi, balki yengil iforga ham ega.
Pitaya asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy va Janubiy Amerika hamda Avstraliyaning ba'zi tropik va subtropik mintaqalarida yil davomida yetishtiriladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, pitaya immunitet tizimini va tananing umumiy salomatligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan ko‘p miqdordagi vitamin, mineral va antioksidantlarga boy.
Pitayaning noyob va mazali mevasini yurtimiz bozorlari va turli do‘konlardan ham xarid qilishingiz mumkin.
