Andijon: Oltinko‘lda chigit ekish mavsumiga start berildi
2025-03-04 10:40:00 / Yangiliklar

Fermer xo‘jaligining 17 gektar yer maydoniga ekilgan chigitdan yuqori va sifatli hosil olish rejalashtirilgan. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu nav o‘zining hosildorligi va turli iqlim sharoitiga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Tumanda chigit ekish jarayonini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish maqsadida mavsumga puxta hozirlik ko‘rilgan. Xususan, dala ishlarini samarali tashkil etish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikasi, yoqilg‘i-moylash materiallari va mineral o‘g‘itlar zahirasi shakllantirildi.
Shuningdek, dehqon va fermerlar agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar asosida ish olib bormoqda.
Ayni paytda tumanning boshqa hududlarida ham chigit ekish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Mavsum yakunlari bo‘yicha yuqori hosil olish maqsad qilingan.


