Qaysi hududda eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan?
2025-03-03 09:30:00 / Yangiliklar
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati hajmi 103,7 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5% ga oshgan.
Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati hajmi:
🔸Qoraqalpog‘iston Resp. – 4,6 trln so‘m;
🔸Andijon viloyati – 5,1 trln so‘m;
🔸Buxoro viloyati – 8,1 trln so‘m;
🔸Jizzax viloyati – 2,6 trln so‘m;
🔸Qashqadaryo viloyati – 7,1 trln so‘m;
🔸Navoiy viloyati – 4,6 trln so‘m;
🔸Namangan viloyati – 5,0 trln so‘m;
🔸Samarqand viloyati – 13,6 trln so‘m;
🔸Surxondaryo viloyati – 2,2 trln so‘m;
🔸Sirdaryo viloyati – 3,7 trln so‘m;
🔸Toshkent viloyati – 15,9 trln so‘m;
🔸Farg‘ona viloyati – 6,8 trln so‘m;
🔸Xorazm viloyati – 5,5 trln so‘m;
🔸Toshkent shahri – 18,8 trln so‘m.
