Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi fakulteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda
2025-02-28 16:00:00 / Yangiliklar

Ushbu inshootning infratuzilmasi o‘rganilib, undan samarali foydalanish masalasi muhokama qilindi. Natijada Guliston davlat universiteti tarkibida qishloq xo‘jaligi fakulteti tashkil etish taklifi ilgari surildi.
Loyiha doirasida yangi fakultetda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim berish rejalashtirilgan bo‘lib, 1000 nafar talaba qamrab olinadi. O‘quv jarayoni zamonaviy metodlarga asoslanib tashkil etilib, nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Fakultet hududida zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion markazlar tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan. Bu esa talabalar uchun ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish hamda ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish imkoniyatini yaratadi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun hokimiyat balansida turgan 20 ta xizmat uylari ajratish taklifi hamda 20 nafar talaba yoshlarning Xitoyda grand asosida o'qitish masalasi ilgari surilmoqda.
Bu tashabbuslar pedagoglarga doimiy yashash joyi taqdim etish bilan birga, o‘quv jarayonining barqaror rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Vazir mazkur bino infratuzilmasini ta’lim jarayoniga moslashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish masalalarida mutasaddilar bilan fikr almashdi. Shuningdek, fakultetni zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Ushbu tashabbus Sirdaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.









