Agrotexnik amaliyotlarda yangicha yondashuvlarni qo‘llash natijadorlikni ta’minlaydi
2025-02-28 12:00:00 / Yangiliklar

Mazkur korxona bugungi kunda fermerlar uchun turli qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, ularni paxta ekishga moslashgan uskunalar bilan jihozlash hamda yangi texnologiyalar asosida paxta ekish va hosilni yig‘ib olishga ixtisoslashgan.
Hozirda korxonaga qarashli barcha texnikalar mavsumga shay holatga keltirilgan bo‘lib, ular paxtani 76 sxemada yakka va qo‘sh qator qilib ekishga moslashtirilgan. Ushbu uslub hosildorlikni oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, kompaniya joriy yilgi paxta ekish mavsumida yangi uslubni joriy etishni rejalashtirgan. “Shinjon” tajribasi asosida ishlab chiqilgan ushbu yondashuv paxtaning tannarxini pasaytirish va ko‘proq hududlarga urug‘ qadashga moslashgan seyalkalarni amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, korxona texnikalarni mamlakatimizning boshqa hududlariga yetkazib berish hamda hamkorlikni kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Vazir o‘z navbatida ish jarayonidan mamnunligini bildirar ekan, ilmiy jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.
Tashrif davomida vazir tomchilatib sug‘orish va plyonka ishlab chiqarish texnologiyalarini ham ko‘zdan kechirib, ularning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish, ekin yetishtirish mavsumida barcha imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.









