Yagona aloqa markazi ishga tushirildi
2025-02-27 20:50:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Bahor mavsumida qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni tashkil etish, moliyalashtirish va subsidiyalash kabi masalalar bo‘yicha fermerlar, dehqonlar va boshqa manfaatdor tomonlarning savollariga tezkor javob berish maqsadida "Yagona aloqa markazi" tashkil etildi.

Markaz hududlardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilib, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha operativ ish olib boradi. Fermerlar va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha (71) 206-71-45 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.
Mazkur tashabbus bahorgi mavsumda samarali ish yuritish va qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etishga xizmat qiladi.