“Qarigan” qulupnayni “yoshartirish” uchun qanday agrotexnik tadbirni qo’llash zarur?
2025-02-21 13:15:00 / Yangiliklar

Sifatsiz tarzda qo’llanilgan agrotexnik tadbirlar qulupnayni “qarishi”ga va shunga bog‘liq holda hosilning kamayishiga sabab bo’ladi. Natijada mahsulot sifati pasayib, uning biologik xususiyatlari izdan chiqadi. Bunday holatdagi o’simlikni qayta yoshartirish alohida mehnat talab qiladi.
Qulupnayning ildiz tizimi kabi, yer ustki qismi ham tez tiklanish qobiliyatiga egadir. O’simlikning “qarishi”ga ildiz tizimidagi aktiv faoliyatining susayishi va barg qatlamining kamayishi bo’lsa, uni turli agrotexnik tadbirlar orqali tiklash mumkin.
Dastavval, qulupnayning yer ustki qismi hosil yig‘ib olingandan so‘ng sentabr-oktabr oylarida kesib tashlanadi. Yer ustki qismi qirqib tashlangan o‘simlik yaxshi oziqlantirilsa, tinimdagi kurtaklaridan yangi o‘sish nuqtalari paydo bo’la boshlaydi.
Bu vaqtda, biologik usulni qo’llash muhimdir. Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:
Plantastim biologik stimulyatorini 10 litr suvda 150 ml miqdorida aralashtirilib, leyka yordamida sug‘orib chiqilganda, ildiz juda ildamlik bilan rivojlanadi va kesib tashlangan yangi poyalarda paydo bo‘lgan yangi o‘suv nuqtalari kuchli o‘sadi va meva berish sifati yaxshilanadi.
