Sitrus kushandasi. O‘simliklarga zarar yetkazuvchi hasharotlardan qanday xalos bo‘lish mumkin?
2025-02-21 10:10:00 / Yangiliklar

U oligofag hasharot bo‘lib, limon o‘simligining xavfli kushandasi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda u mandarinda rivojlanishi aniqlangan.
Bu hasharot kapalagining qanotlari yozilganda 4-5 mm uzunlikda bo‘lib, kulrang, ingichka, o‘tkir uchli, o‘rtasida esa V shaklida belgisi va tepa uchida qora dog‘lari bor.
Sitrus inli kuyasining rivojlanishida ob-havoning ahamiyati juda yuqori. U asosan iyun-iyul oylarida ko‘payadi va limon bargining ostki tomoniga joylashib kech kuzga qadar zarar keltiradi.
Lichinkalar yosh barglar orasida ilon izi kabi uyalar hosil qilib, barg aerenximasi bilan oziqlanishi natijasida bargi burishadi va quriydi. Odatda bitta bargda bitta uya bo‘ladi, kuchli zararlanganda 2 yoki 3 ta ham bo‘lishi mumkin.
Mazkur zararkunandaga qarshi kurashda hasharot tarqalgan ko‘chatlar, shoxlar, o‘simlik qismlarini kesib yoqib yuborish lozim. Zararkunandalarni yo‘q qilishda enkardiya, entomofag kabi hasharotlardan foydalanish ham samara beradi.
