Kollektor-zovur suvlarining mineralizatsiyasini biologik usulda pasaytirish va undan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish
2025-01-07 15:00:00 / Yangiliklar

Bunday sharoitda Amudaryodan juda katta mablag‘ evaziga, ikki, uch, ba’zi tumanlarda esa to‘rt bosqichli nasos stansiyalari yordamida to‘liq yetkazib berilmoqda.
Daryo suvlaridan samarali foydalanish, qo‘shimcha suv manbalarini topish, suv tanqisligining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida TIQXMMI MTU hamda "TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti olimlari tomonidan suv o‘simliklari (Kichik Ryaska “Lemna minor”, Eyxorniya "Eichhornia crassipes" va Azolla "Azolla caroliniana") dan foydalangan holda zovur suvlarini minerallashganligini kamaytirish ustida ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib, Kichik Ryaska suv o‘simligi suvdagi mineral moddalarni eng kuchli parchalash xususiyatiga ega deb topilgan.
Jumladan:
1-tadqiqotda minerallashganligi o‘rtacha (3-5 g/l) bo‘lgan zovur suvlarini Kichik Ryaska yordamida biologik tozalab, minerallashganlik darajasini 2,49 g/l gacha kamaytirishga erishib (suvdagi xlor ionlari darajasi esa 0,27 g/l gacha kamaygan), g‘o‘zaning “Buxoro-6” navini sug‘orish natijasida undan 32,3 s/ga hosil olganlar.
2-tadqiqotda xuddi shunday sharoitlarda biologik tozalangan zovur suvlarini daryo suviga teng ravishda aralashtirib, g‘o‘zadan 40,1 s/ga hosil olganlar.
Bundan tashqari tadqiqot davomida aniqlandiki, zovur suvlarining mineralizatsiyasini biologik usulda pasaytirishda foydalanilgan “Lemna minor” suv o‘simligidan bioorganik chiqindi sifatida biogaz olish hamda suv o‘simligi qayta ishlanib, bioo‘g‘it olish imkoniyati ham o‘rganilgan.
Bundan kelib chiqib, suv resurslari tanqis hududlarda shunday o‘simliklardan foydalanib, zovur suvlaridan qayta foydalanish imkoni borligi va bu orqali nafaqat suvni tejalishiga sababchi bo‘lish, balki qishloq xo‘jaligi ekinlaridan hosil olish mumkin.
Ma’lumot uchun: Kichik Ryaska (Lemna minor) – ko‘p yillik suv o‘simligi hisoblanib, o‘simlik tarkibida 25% gacha oqsil, yod, brom mavjud. Kichik Ryaska fotosintez jarayonida juda ko‘p miqdorda kislorod ishlab chiqaradi va shu sababli suv havzalaridagi suvni juda yaxshi tozalaydi. Lemna minor asosan vegetativ yo‘l bilan ko‘payish xususiyatiga ega.
