Al Tasnim Group bilan agrar hamkorlikning yangi yönalişlari muhokama qilindi
2026-11-16 12:05:00 / Yangiliklar

Uçraşuvda Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini Ömon bozoriga eksport qiliş, qöşma işlab çiqariş va investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, quruq mevalar, yonğoq, un va makaron mahsulotlari eksportini kengaytiriş, Ömon bozori uçun kontrakt fermerlik asosida meva-rezavorlar yetiştiriş hamda Özbekistonning yaylov salohiyatidan foydalangan holda qizil göşt işlab çiqariş taklif etildi.
Şuningdek, Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, organik öğit işlab çiqariş, baliqçilik va dengiz mahsulotlari ta’minoti böyiça investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari körib çiqildi. Tomonlar “Özbekiston–Ömon oziq-ovqat savati”ni şakllantiriş, mahsulotlarni yetkazib berişda muqobil logistika yönalişlaridan foydalaniş böyiça ham fikr almaşdilar.
Uçraşuv yakunida “Al Tasnim Group” rahbariyati istiqbolli loyihalarni joyida örganiş uçun Özbekistonga taklif etildi.




