Beş million tonnadan oşgan xirmon va davom etayotgan terim
2026-11-13 22:40:00 / Yangiliklar

Bu natija, avvalo, dehqon va fermerlar, agronomlar, suvçilar, mexanizatorlar, olimlar hamda klaster xodimlarining mehnati samarasidir. Jamoatçilikda hosil hajmi, davom etayotgan terim va paxta hisobiga oid savollar bildirilmoqda. Qişloq xöjaligi vazirligi mavjud hisobotlar va oçiq manbalar asosida quyidagilarni ma’lum qiladi.
Marraga yetiş terim tugaganini anglatmaydi
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim dalalarda hali paxta borligi körsatilib, beş million tonnalik natija şubha ostiga olinmoqda. Bu yerda muayyan sanagaça yiğilgan jami hosil va barça dalalarda terimning yakunlanişiga boğlab körsatilayotgani barçani çalğitmoqda va natijalarni şubha ostiga qöymoqda. Mamlakat böyiça belgilangan marraga yetiş har bir maydonda terim tugaganini bildirmaydi.
Keling, e’tibor qarataylik:
12-oktabr holatiga 3,4 million tonna paxta yiğilgani xabar qilingan edi. 22-oktabrda bu hajm 4 million 630 ming tonnaga yetdi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 4-noyabrdagi tabrigida beş million tonnadan ziyod xirmon e’tirof etildi. 13-noyabrdagi jamlanma esa 5 million 47 ming 95 tonnaga yetdi. Bu xabarlar turli sanalardagi natijalarni ifodalaydi. Ularning ortib borişi terim va qabul davom etganini aks ettiradi
4,6 million tonnalik joriy yilning dastlabki prognoz hajmi ham hosilning eng yuqori çegarasi emas. Undan ortiq paxta yetiştirilişi yoki qabul qilinişida mantiqiy ziddiyat yöq. Şuning uçun dalada paxta borligining özi avval qabul qilingan hosil yöq, degan xulosaga asos böla olmaydi.
Masalan, Buxoro viloyati böyiça bugungi hisobotning özida mavsum boşidan 530 ming 677 tonna, kunlik ustunda esa 1 ming 228 tonna paxta qayd etilmoqda. Bu mavsum oldidan közlangan 442 ming tonnalik marradan 88 ming 677 tonna köp. Demak, beş million tonnalik marradan keyin ham aksariyat hududlarda terim davom etmoqda. Bu viloyat körsatkiçi Ğijduvondagi muayyan dala haqidagi murojaatning barça savollariga javob bermaydi. Ammo «marra e’lon qilingaç, ortiqça paxta keraksiz bölib qoldi» degan umumiy talqinni ham tasdiqlamaydi.
Daladagi har bir hosil qadrli. Keçikayotgan terim, texnika yoki işçi kuçi yetişmasligi haqidagi aniq murojaatlar e’tiborga loyiq. Bunday muammoni kötariş bilan birga, butun mamlakat hosilini dalilsiz inkor etişga bu qadar ehtirosli yondaşmaslik maqsadga muvofiq.
Öylab köring, nega şu fermerning paxtasi bu qadar keçgaça terilmay qolib ketdi? Videolavhaning özidan körinib turibdiki, dalada kösaklar oçilgan bölsa-da, ğöza hali bargi bilan turibdi. Masalaga çuqurroq qaralsa, fermer bu yil aksariyat dalalarda qöllanilgan «ğözani qaritib, erta pişiriş» agrotexnologiyasiga amal qilmagan yoki ğözani keç ekkan bölişi mumkin (aslida buğdoy tagiga, takroriy ekilgan dala bölgan). Aks holda, boşqa dalalardagidek, hosil öz vaqtida qiyğos pişib, 35 kunlik davrda maşinada terib olinişi mumkin edi.
11-noyabr holatidagi videolavhada ham dalada hali köm-kök kösaklar va barglar saqlanib qolgani közga taşlanadi. Bu esa ğözaning pişişini tezlaştiriş va defoliatsiya jarayonlariga oid agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilmagan bölişi mumkinligini körsatadi. Jumladan, “Etefon” va “Avguron” preparatlari bilan işlov berilişiga e’tibor berilganligi ham asosiy masalalardan biridir.
Vazirlik tomonidan paxtaçilikda yuqori hosildorlikka erişişning 8 ta muhim qonuni işlab çiqilib, fermerlarga yetkazilgan. Biroq har qanday ilmiy tavsiya va agrotexnologiya, avvalo, amaliyotda öz vaqtida va töğri qöllanilgandagina samara beradi. Bu jarayonda fermerning ham mas’uliyati katta. Davlat va soha mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajariş va hosilni öz vaqtida yiğib oliş har bir fermerning bevosita vazifasidir.
Endi havo yomonlaşdi, dalaga oğir maşina kirişi amrimahol. Yomoni, avvalgidek terimçining özi yöq. Bargi tökilmagan paxtazorni maşinada terişning özi ham katta masala. Bunday keçikkan dalalarimiz, afsuski, bor. Fermerlarimiz yondaşuvini özgartirmas ekan, boşqalarning yordami ham kutilgan samarani bermaydi.
Aslida, avvalgi yillarda dalalarimiz ham Ğijduvondagi şu dala kabi edi va biz paxtani qor yoğgunça terişga çiranaverdik. Şuning uçun 1-avgustdan boşlab qöllaniladigan «erta pişiriş agrotexnologiyasi» Özbekiston paxtaçiligi uçun öta muhimligini yana bir bor qayd etmoqçimiz.
Paxta hisobi elektron hujjatlarga tayanadi
Bugun paxtani qabul qiliş va hisobga olişning raqamli tartibi mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-sentabrdagi 573-son qarori «Agrotarozi», «Hosil qabuli» va «AgroDocs» axborot tizimlari orqali elektron hisob yuritişni yölga qöygan.
Unga köra, paxta tovar-transport yuk xati asosida har bir ekin maydonining aniq kontur raqamiga boğlangan holda qabul qilinadi. Mahsulot elektron tarozida real vaqt rejimida tortiladi, ma’lumotlar “Agroplatforma”ga kiritiladi va kunlik hisobot fizik vaznda yuritiladi.
Şuningdek, 2026-yil 10-iyundagi 295-son qaror bilan fyuçers va forvard şartnomalari böyiça yetkazib beriladigan paxtani hisobga olişning elektron tartibi yanada takomillaştirildi. Xususan, elektron tarozidan ötkazilgan paxta böyiça «Hosil qabuli» tizimida elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan PK-17 yuk xati va hisobvaraq-faktura rasmiylaştirilişi hamda tegişli ma’lumotlar birja tizimiga yuborilişi belgilangan.
Eng muhimi, PK-17 yuk xati va hisobvaraq-fakturalar paxtani topşiruvçi hamda qabul qiluvçining elektron raqamli imzosi (ERI) orqali tasdiqlanadi. Uşbu hujjatlar tomonlar örtasida tuzilgan şartnomalar asosidagi pullik munosabatlarni tartibga soliş, mahsulot miqdori va yetkazib beriş jarayonini rasmiy tasdiqlaşga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, imzolangan elektron hujjatlar integratsiya orqali soliq organlarining axborot tizimlariga uzatiladi. Ular soliq hisob-kitoblarini amalga oşiriş va qonunçilikda belgilangan ayrim soliq imtiyozlarini qöllaş uçun asos bölib xizmat qiladi. Bundan taşqari, rasmiylaştirilgan hisobvaraq-fakturalar asosida terib olingan har bir kilogramm paxta uçun davlat tomonidan subsidiya ajratiş mexanizmi ham yölga qöyilmoqda.
Demak, paxta hisobi faqat tarozida qayd etilgan vazn bilan çeklanmaydi. U mahsulotning yetiştirilgan maydonidan tortib, qabul qilinişi, hujjatlaştirilişi va moliyaviy hisob-kitoblarigaça bölgan jarayonlarni qamrab oladi.
Şu bois paxta hisobining haqqoniyligi haqidagi bahslarda elektron qabul qaydlari, rasmiy hujjatlar va tizimdagi ma’lumotlar asosiy dalil bölişi kerak.
Jumladan, bir tirkamaning taroziga bir neça marta kirganini aks ettiruvçi videolavhaning özi bir xil yuk yoki paxta hajmi hisobga bir neça bor qöşilganini isbotlamaydi. Qabul punktiga yaqin dalalardan hosil taşilganda transport vositalarining muayyan vaqt oraliğida qayta-qayta qatnaşi tabiiy holat. Bunda har bir yuk alohida tortiladi va tegişli elektron hujjatlar rasmiylaştiriladi.
Har bir yuk böyiça PK-17 yuk xati paxtani topşiruvçi va qabul qiluvçi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi, hisobvaraq-faktura esa tegişli axborot tizimlariga yuboriladi. Bu esa mahsulot miqdori, uning yetkazib berilişi va moliyaviy hisob-kitoblarni özaro boğlaydi. Zero, amalda yetkazib berilmagan paxta uçun tomonlarning elektron hujjatlarni imzolaşi, şartnomaviy majburiyatlarni öz zimmasiga olişi va pullik hisob-kitoblarni amalga oşirişi mantiqan ham, iqtisodiy jihatdan ham asosli emas.
Albatta, raqamlaştiriş mas’uliyatni bekor qilmaydi. Agar biror holatda qoidabuzarlikka oid şubha paydo bölsa, u belgilangan tartibda tekşirilişi va xolis huquqiy baho berilişi şart. Biroq tekşirilmagan gumonni isbotlangan fakt sifatida taqdim etiş, alohida videolavhalar asosida barça fermerlar mehnati va mamlakat hosili haqida salbiy xulosa çiqariş adolatdan emas. Çunki paxta hisobi – bu şunçaki raqamlar yiğindisi emas. U minglab fermerlarning maşaqqatli mehnati, şartnomaviy munosabatlar, davlat mablağlari va mamlakat iqtisodiy manfaatlari bilan boğliq jarayondir. Şuning uçun unga baho berişda taxmin va gumonlarga emas, aniq dalillar, elektron qaydlar va rasmiy hujjatlarga tayaniş lozim.
Natijaning asosida daladagi özgarişlar bor
Özbekiston Respublikasi Prezidentining-4-noyabrdagi tabrigida hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq paxta teriş maşinasi yordamida 30–35 kunda yiğib olingani qayd etildi. Mamlakatga ikki yil içida imtiyozli lizing asosida 2 mingdan ortiq zamonaviy maşina olib kirildi. Ularning dalalarda tarixda birinçi marta kunduzgi va tungi soatlarda, sutkasiga 16–18 soat mobaynida işlagani ham muhim natijadir. Xolis yondaşgan kişi buni inkor eta olmaydi. Mexanizatsiyaning kengayişi odamlarni oğir qöl mehnatidan xalos etiş va terimni tezlaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hosildorlikning ösişini birgina nav yoki alohida agrotexnik tadbir bilan izohlab bölmaydi. Mahalliy şaroitga mos genetika, ekiş sxemasi, ösimlik ziçligi, muvozanatli oziqlantiriş, suvni boşqariş, ösimliklarni himoya qiliş va pişiş jarayonlarini öz vaqtida taşkil etiş — bularning barçasi birgalikda natija beradi. Olimning tavsiyasi fermer amaliy faoliyatida qöllay oladigan aniq qoidaga aylangandagina uning samarasi dalada namoyon böladi.
Xalqaro matbuotda e’lon qilingan maqolalarda ham Özbekiston paxtaçiligidagi özgarişlar ilm-fan va zamonaviy agronomik yondaşuvlar bilan boğliq holda yoritilgan. Ularda 2021–2025-yillarda örtaça hosildorlik 40,4 foizga oşgani, paxta maydonlari 15,1 foizga qisqargan şaroitda yalpi hosil 19,3 foizga köpaygani qayd etilgan. Bu joriy yildagi natijalarning zamini oldingi yillarda şakllanganini körsatadi.
“Euronews” va “IndexBox” naşrlari ham noyabr oyida erişilgan marra, yangi navlar, ekiş usullari va mexanizatsiya jarayonlarini yoritdi. Xalqaro e’tibor Özbekiston paxtaçiligi tajribasiga qiziqiş ortib borayotganini körsatadi. Biroq har qanday natijaning asosida, eng avvalo, dalalardagi maşaqqatli mehnat va yetiştirilgan hosil turadi.
Fermer manfaati natijaning markazida
Paxta uçun haq yoki terim puli keçikayotgani haqidagi murojaatlar jiddiy ahamiyatga ega. Har bir fermer topşirgan mahsuloti, har bir terimçi esa bajargan işi uçun öz vaqtida haq olişi muhim. Hosil hajmi va tölov intizomi alohida masalalar bölsa-da, sohaning samaradorligi uçun ikkalasi ham zarur.
Farğona yoki Namangandagi muayyan tölov nizosi umumiy hosil hajmi yöqligini isbotlamaydi. Şu bilan birga, respublika natijasi bunday nizoning javobi ham böla olmaydi. Har bir holatni örganiş orqali muammo içki hisob-kitoblar, fermerning qarzdorligi, mahalliy taşkilotlarning e’tiborsizligi yoki moliyaviy savodxonlik bilan boğliq kamçiliklardan kelib çiqqanini aniqlaş mumkin. Beş million tonna paxta terib olingan bir paytda ayrim subyektlarda bunday muammolarning mavjudligi, avvalo, muayyan xöjalik va taşkilot örtasidagi hisob-kitob masalasi sifatida körib çiqilişi lozim.
Prezident tabrigidagi 13–14 trillion söm sof foyda kutilayotgan iqtisodiy natijadir. Uni barça fermerlarga allaqaçon tölab bölingan mablağ deb talqin qiliş töğri emas. Yillar davomida qarzdor bölib kelgan fermerlar Prezidentimiz islohotlari tufayli yuqori hosil olib, sönggi ikki yilda avvalgi yillardan töplangan qarzlaridan sekin-asta xalos bölayotganini ham, qarzdorlik hali töliq söndirilmagan holatlar borligini ham e’tirof etiş lozim. Islohotlarning amaliy samarasi fermer mehnati qadrlanişi va uning yetiştirgan mahsulotidan manfaat körişida namoyon böladi.
Asosli tanqid sohadagi kamçilikni körişga yordam beradi. Dalilsiz umumlaştiriş esa muammoni hal qilmaydi. Erişilgan natijani xolis baholaş uçun har bir raqamni öz sanasi va mazmuni bilan öqiş, muayyan murojaatni esa unga tegişli dalillar asosida körib çiqiş zarur. Zero, beş million tonnadan oşgan xirmonni yaratgan insonlar mehnati ham, jamoatçilikning asosli savollari ham hurmatga loyiq.
