Özbekistonda bioçar işlab çiqariş böyiça xalqaro hamkorlik kengaytirilmoqda
2026-11-12 22:30:00 / Yangiliklar

Jumladan, Smart Carbon kompaniyasi bilan ğözapoyadan bioçar işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş, BIZPANDO kompaniyasi bilan esa turli qişloq xöjaligi ösimlik qoldiqlarini qayta işlaş va uglerod kreditlari mexanizmlarini rivojlantiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Hamkorlik doirasida ösimlik qoldiqlarini piroliz texnologiyasi asosida qayta işlab, bioçar oliş, uni tuproqqa qöllaş orqali tuproq sifatini yaxşilaş va uglerodni uzoq muddat saqlaş, şuningdek, atmosferaga çiqariladigan issiqxona gazlari miqdorini kamaytirişga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş nazarda tutilgan.
Mazkur taşabbuslar dalalarda qoladigan ösimlik qoldiqlariga ikkilamçi xomaşyo sifatida qaraş, ularni iqtisodiy qiymatga ega mahsulotga aylantiriş, issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş hamda fermerlar uçun qöşimça daromad manbalarini yaratişga xizmat qiladi.
Uşbu kelişuvlar mamlakatimiz qişloq xöjaligida aylanma iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy etiş, ekologik barqaror işlab çiqarişni rivojlantiriş va xalqaro uglerod kreditlari bozorida iştirok etiş uçun yangi imkoniyatlar oçadi.




