Jazoir Milliy bayrami Toşkentda keng nişonlandi
2026-11-12 23:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston Respublikasidagi Jazoir elçixonasi tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbirda faxriy mehmon sifatida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, şuningdek, davlat idoralari, diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Tadbirda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi Aşur Jamila sözga çiqib, ikki mamlakat örtasida şakllangan döstona munosabatlar, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarning bugungi holati hamda istiqbollariga alohida töxtaldi.
Ayniqsa, qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş, tajriba almaşiş va agrar tarmoqdagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalariga eʼtibor qaratildi.





