Xalqaro hamkorlik: Özbekiston va Ispaniya agrar aloqalarni mustahkamlamoqda
2026-11-11 09:30:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi sohasida yölga qöyilgan hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş hamda savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, yaqinda Toşkent şahrida taşkil etilgan Özbekiston–Ispaniya biznes-forumi yakunlari, unda erişilgan kelişuvlarni amaliyotga tatbiq etiş va istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, Ispaniyaning ilğor agrotexnologiyalari, issiqxonaçilik, uruğçilik, suv resurslarini boşqariş va agrologistika yönalişlaridagi tajribasini Özbekistonda keng joriy etiş, jumladan, Ispaniyaning istiqbolli uzum navlarini mamlakatimizda yetiştiriş kölamini kengaytiriş hamda bu borada ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Uçraşuvda 2027-yil bahor oylarida «Markaziy Osiyo – Ozarbayjon – Ispaniya» formatida xalqaro forum taşkil etiş, uning doirasida vazirlar uçraşuvi va biznes-forum ötkaziş taklifi muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Toşkentda erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşiriş, yangi investitsiyaviy loyihalarni şakllantiriş va ikki mamlakat örtasidagi agrar hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça muloqotni davom ettirişga kelişib olindi.


