Özbekiston xalqaro minbarda agrar sohadagi ustuvor vazifalarni ilgari surdi
2026-11-10 23:30:00 / Yangiliklar

Bugun konferensiya doirasida oziq-ovqat tizimlari transformatsiyasi, iqlim özgarişiga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantiriş, moliyalaştiriş hamda oziq-ovqat–suv–iqlim uyğunligiga bağişlangan vazirlar darajasidagi davra suhbati taşkil etildi.
Unda Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov iştirok etib, mamlakatimizning agrar sohada suv resurslaridan samarali foydalaniş, iqlim özgarişiga moslaşiş va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş borasidagi tajribasi hamda ustuvor vazifalari yuzasidan nutq sözladi.
Nutqda Özbekistonda suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, davlat tomonidan agrar sohani qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini takomillaştiriş hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda iqlimga çidamli qişloq xöjaligini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida maʼlumot berildi.
Şuningdek, «Turquoise Nexus Initiative» taşabbusi doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilğor tajriba almaşiş, bilim va texnologiyalar transferini jadallaştiriş hamda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş muhimligi taʼkidlandi.
Maʼlumot uçun, COP31 — BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi iştirokçilari konferensiyasining 31-sessiyasi hisoblanadi. Joriy yilning 9–20-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilayotgan uşbu yirik xalqaro anjumanda dunyoning qariyb 200 ta davlati vakillari, hukumat rahbarlari, xalqaro taşkilotlar, olimlar, ekspertlar va fuqarolik jamiyati vakillari iştirok etmoqda.





