Özbekiston va Qirğiz Respublikasi agrar sohada investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirmoqda
2026-11-11 13:15:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi sohasidagi özaro manfaatli hamkorlikni kengaytiriş, sohaga investitsiyalarni jalb etiş, istiqbolli yönalişlarda qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, kartoşkaçilik sohasida tajriba almaşiş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş, raqamli texnologiyalarni agrar tarmoqqa keng tatbiq etiş hamda uruğçilik tizimini rivojlantiriş uçraşuvning muhim muhokama yönalişlari böldi.
Şuningdek, çorvaçilik sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, uşbu yönalişda qöşma loyihalarni amalga oşiriş, zamonaviy çorvaçilik texnologiyalarini joriy etiş hamda naslçilik işlarini takomillaştiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Tomonlar mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalaniş, investitsiyalarni jalb etiş, çorvaçilik mahsulotlari yetiştiriş va qayta işlaş böyiça istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş borasida qator takliflarni ilgari surdilar.
Uçraşuvda bildirilgan fikr va takliflar ikki mamlakat agrar tarmoqlari örtasidagi aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, özaro tajriba almaşiş va hamkorlikni aniq amaliy loyihalar bilan boyitiş uçun muhim zamin yaratişi ta’kidlandi.




