Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi 96 ta xalqaro standart davlat tiliga tarjima qilinib, milliy standart sifatida qabul qilindi
2026-11-06 16:00:00 / Yangiliklar

Jumladan:
– 79 ta standart — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YeIK — UNECE) standartlari;
– 17 ta standart — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) huzuridagi Kodeks Alimentarius komissiyasi (Codex Alimentarius Commission) tomonidan ishlab chiqilgan standartlardir.
Mazkur standartlar meva-sabzavot, quritilgan mahsulotlar, go‘sht va tuxum mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat sanoatining boshqa yo‘nalishlarida mahsulot sifati, xavfsizligi, tasniflanishi va savdoga chiqarilishiga qo‘yiladigan talablarni qamrab oladi.
Ushbu standartlarning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirish, xalqaro talablarni milliy amaliyotga uyg‘unlashtirish, ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Davlat tiliga tarjima qilinib, qabul qilingan 96 ta milliy standartning umumiy ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Umumiy ro‘yxatni va batafsil ma'lumotlarni yuklab olish:
1 – 96 ta standart ro‘yxati – Yuklab olish
2 - 96 ta standartlar bo'yicha batafsil ma'lumotlar:
– 1 - 35 standartlar ro‘yxati – Yuklab olish
– 36 - 64 standartlar ro‘yxati – Yuklab olish
– 65 - 73 standartlar ro‘yxati – Yuklab olish
– 74 - 96 standartlar ro‘yxati – Yuklab olish
