Piyoz narxi oşişiga oid xabarlar yuzasidan Qişloq xöjaligi vazirligi munosabati
2026-11-04 17:30:00 / Yangiliklar

Avvalo, ta’kidlaş joizki, mamlakatimizda joriy yilda piyoz yetiştiriş hajmi içki iste’mol talabidan yuqori bölişi kutilmoqda. Xususan, respublika böyiça 2026-yilda 1,5 million tonna piyoz yetiştiriş hisob-kitob qilingan. Bu aholining tibbiy me’yorlar asosidagi iste’mol talabidan 400 ming tonna yoki 35 foizga köpdir.
Jumladan, Surxondaryo viloyatida joriy yilning 9 oyida 387,1 ming tonna piyoz yetiştirilgan. Uning 120 ming tonnasi aholi iste’moli uçun işlatilgan, 46 ming tonnasi eksport qilingan, qolgan qismi esa respublikaning boşqa hududlariga yetkazib berilgan.
Viloyatning tuproq-iqlim şaroiti piyozni, asosan, ertaki muddatlarda, xususan, aprel–may oylarida yetiştirişga moslaşgan. Avgust–sentabr oylarida uruğdan, oktabr–noyabr oylarida esa «töqsonbosti» usulida piyoz uruği va köçati ekiladi. Şuningdek, aholi xonadonlarida qisman fevral–mart oylarida ham piyoz ekilib, avgust–sentyabr oylarida hosili yiğib olinadi.
Yozgi vegetatsiya davridagi yuqori haroratning salbiy ta’siri sababli oktyabr–noyabr oylarida pişib yetiladigan keçki piyoz katta maydonlarda kam ekiladi.
Ayni paytda 2026-yil hosili uçun yetiştirilgan piyoz dalada qolmagan. Şu sababli Surxondaryo viloyati bozorlaridagi talabni qondiriş maqsadida Jizzax va Samarqand viloyatlaridan xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan piyoz olib kelinib, sotilmoqda.
Mazkur jarayonda transport-logistika xarajatlari ham mahsulotning yakuniy narxiga ta’sir körsatmoqda. Xususan, yuk avtomobillari (fura yoki «Isuzu») orqali Jizzax va Samarqand viloyatlaridan Surxondaryoga 1 kilogramm yukni yetkazib beriş xarajati 350–370 sömni taşkil etadi. Masalan, 20 tonna yukni taşiş 7 million sömgaça, 10 tonna yukni taşiş esa 3,8–4 million sömgaça tuşmoqda.
Ayni vaqtda Jizzax viloyati dehqonlarida piyozning 1 kilogramm xarid narxi 2 600–3 300 sömni, Samarqand viloyatida esa 2 800–3 000 sömni taşkil etmoqda.
Transport xarajatlari qöşilganda tadbirkorlik subyektlari uçun piyozning yetkazib beriş tannarxi Jizzaxdan olib kelinganda 2 950–3 650 sömni, Samarqanddan olib kelinganda 3 150–3 350 sömni, Denov tumanigaça yetkazilganda esa 3 400–3 500 sömni taşkil etmoqda. Bugungi kunda Surxondaryo viloyati bozorlarida piyozning 1 kilogramm çakana sotuv narxi 4 000–4 500 söm atrofida şakllangan.
Tahlillarga köra, ayrim holatlarda mahsulotning xarid va yetkazib beriş tannarxi bilan bozordagi sotuv narxi örtasida sezilarli tafovut kuzatilmoqda.
Jumladan, minimal tafovut holatida piyoz dehqondan 3 300 sömdan xarid qilinib, 350 söm transport xarajati bilan yetkazilganda uning tannarxi 3 650 sömni taşkil etmoqda. Bozorda 4 000 sömdan sotilganda farq 350 söm yoki 9,6 foizga teng böladi.
Maksimal tafovut holatida esa piyoz dehqondan 2 600 sömdan xarid qilinib, 350 söm transport xarajati bilan yetkazilganda tannarxi 2 950 sömni taşkil etadi. Mahsulot bozorda 4 500 sömdan sotilganda örtadagi farq 1 550 söm yoki tannarxga nisbatan 52,5 foizni taşkil qilmoqda.
Şuningdek, narxlar dinamikasi tahliliga köra, 2025-yil noyabridan 2026-yil oktyabrigaça bölgan davrda respublika böyiça 1 kilogramm piyozning örtaça çakana narxi 2 552 sömni taşkil etgan.
2026-yilda 1 gektar maydonda piyoz yetiştiriş böyiça hisob-kitoblarga köra, örtaça hosildorlik gektariga 35 tonnani taşkil etadi. Buning uçun jami 65,5 million söm xarajat sarflanib, 1 tonna piyoz yetiştiriş tannarxi 1 million 870 ming sömga töğri kelmoqda.
Jami xarajatlar tarkibi quyidagiça:
mehnat haqi va unga qöşimça tölovlar — 26,5 million söm (40,5 foiz);
mineral öğitlar va kimyoviy himoya vositalari — 15,8 million söm (24 foiz);
uruğlik yoki köçat xaridi — 9,6 million söm (14,7 foiz);
mexanizatsiya xizmatlari va yoqilği-moylaş materiallari — 8,2 million söm (12,5 foiz);
yer va suv soliği, şuningdek, umumiy işlab çiqariş bilan boğliq boşqa xarajatlar — 5,4 million söm (8,3 foiz).
Piyoz narxining oşişiga mahsulot yetiştirişning mavsumiy xususiyati, boşqa viloyatlardan taşib keliş bilan boğliq xarajatlar, jumladan, yoqilği-moylaş materiallari narxining hamda transport-logistika xizmatlari qiymatining yuqoriligi kabi omillar ta’sir körsatmoqda. Bundan taşqari, olib-sotar tadbirkorlarning savdo marjasi 25 foizdan 50 foizgaça yetayotgani ham narx şakllanişida muhim omillardan biri bölmoqda.
Şu bilan birga, ayni paytda respublika hududlarida 2026–2027-yillar qiş-bahor mavsumi uçun jami 102,8 ming tonna piyozni zaxiraga jamğariş işlari taşkil etilmoqda. Şundan 2 750 tonnasi Surxondaryo viloyati hissasiga töğri keladi.
Bundan taşqari, aholi örtasida «piyoz pişdi, hozir arzon, ğamlab oliş kerak» degan kayfiyatning mavjudligi ham mahsulotga bölgan talabning ortişi va narxlar kötarilişiga ta’sir körsatmoqda.
Şuni alohida ta’kidlaş lozimki, mamlakatimizda piyoz yetiştiriş hajmi içki iste’mol talabidan 35 foizga köp. Bugungi kunda Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida piyozni dalalardan yiğib oliş işlari davom etmoqda.
Şuningdek, zaxiraga jamğarilgan mahsulotlarni içki bozorga intervensiya qiliş hamda arzonlaştirilgan narxlarda maxsus savdo rastalari orqali sotiş imkoniyatlari mavjud. Bu çora-tadbirlar içki bozorda piyoz narxini barqaror saqlaş va uning asossiz oşişining oldini olişga xizmat qiladi.
Şu örinda piyoz narxini spekulyativ harakatlar orqali sun’iy ravişda oşirişga urinayotgan ayrim şaxslar va tadbirkorlarni ham ogohlantiramiz. Dehqon va tadbirkorlarni mahsulotni qimmatroq sotiş maqsadida bozorga çiqarmasdan uşlab turişga undaş iqtisodiy jihatdan ham özini oqlamaydi. Çunki piyoz ma’lum muddat saqlanişi natijasida vaznini yöqotişi, sifati buzilişi va oqibatda mahsulot egasining zarar körişiga olib kelişi mumkin.
Qişloq xöjaligi vazirligi içki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlaş, aholi ehtiyojlarini qondiriş hamda mavjud hosilni samarali realizatsiya qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhimligini ta’kidlaydi.
