Suv miqdori 4 baravar oşsa, namlaniş maydoni ham şunça kengayadimi?
2026-10-29 11:05:00 / Yangiliklar

Rivulis keltirgan tajriba natijalariga köra, bir tomizgiç orqali berilgan suv miqdori 0,5 litrdan 2 litrgaça, yaʼni 4 baravar oşirilganda, tuproqning namlaniş körsatkiçlari quyidagiça özgargan:
0,5 litr suv berilganda:
➖Namlaniş kengligi — 18 sm;
➖Namlaniş çuqurligi — 29 sm.
2 litr suv berilganda:
➖Namlaniş kengligi — 23 sm;
➖Namlaniş çuqurligi — 60 sm.
Natija şuni körsatadiki, suv miqdori 4 baravar oşirilganida namlaniş kengligi atigi 5 sm ga, çuqurligi esa 31 sm ga ortgan. Demak, mazkur tajribada suv sarfining oşişi tuproqning yon tomonlarga namlanişidan köra çuqurroq qatlamlarning namlanişiga köproq taʼsir körsatgan.
Demak, tomçilatib suğorişda suv miqdorini belgilaşda tuproqning mexanik tarkibi, ekinning ildiz tizimi, tomizgiçning suv sarfi va suğoriş davomiyligini hisobga oliş zarur. Suvni meʼyoridan ortiq beriş uning ildizlar faol joylaşgan qatlamdan pastga sizib ketişiga olib kelişi mumkin.
