Çorvaçilik rivoji – oziq-ovqat xavfsizligining muhim omili
2026-10-28 11:00:00 / Yangiliklar

Bu jarayonda qişloq xöjaligining muhim tarmoqlaridan biri bölgan çorvaçilikni rivojlantiriş va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi PQ–179-sonli qarori doirasida çorvaçilik sohasida tadbirkorlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar nasldor çorva mollari sonini köpaytiriş hamda işlab çiqariş salohiyatini oşirişga xizmat qilmoqda.
Namangan viloyati Çortoq tumanida ham mazkur yönalişda amaliy işlar olib borilyapti. Jumladan, «Çortoq sut eco» MÇJ tomonidan Xitoydan 700 boş naslli qoramollar olib kelindi.
Bugungi kunda uşbu çorva mollari mahalliy çorvadorlarga xaridorbop narxlarda taklif etilmoqda.
Mazkur taşabbusning ahamiyati şundaki, nasldor qoramollarni mahalliy xöjaliklarga yetkazib beriş orqali çorvaçilik bilan şuğullanuvçilarning imkoniyatlarini kengaytiriş, mahsuldorlikni oşiriş va göşt-sut yetiştiriş salohiyatini mustahkamlaş uçun zamin yaratilyapti.
Loyiha doirasida 10 ta yangi iş örni yaratilgani uning aholi bandligini taʼminlaşdagi ahamiyatini yanada oşiradi. Bu esa tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş orqali yangi daromad manbalarini şakllantiriş va hudud iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş borasidagi işlarga munosib hissa bölib qöşiladi.
Çortoq tumanida mazkur yönalişdagi loyihalarning rivojlanib borişi tadbirkorlikni rağbatlantiriş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, aholi bandligini oşiriş va qişloq xöjaligining iqtisodiy samaradorligini yuksaltirişga qaratilgan islohotlarning amaliy ifodasidir.









