Ijtimoiy tarmoqdagi murojaat yuzasidan Qişloq xöjaligi vazirligining munosabati
2026-10-23 14:00:00 / Yangiliklar

Mazkur murojaat Qişloq xöjaligi vazirligi mutasaddilari tomonidan joyiga çiqqan holda örganildi. Örganiş jarayonida korxona rahbari bilan suhbat ötkazilib, issiqxona xöjaliklarini rivojlantiriş, tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş, energiya resurslaridan samarali foydalaniş va ekologik xavfsizlik talablariga rioya etiş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Şu örinda, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktyabrdagi 586-son qarori bilan Toşkent şahri va unga tutaş hududlardagi issiqxona xöjaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritişini ta’minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar belgilanganini ta’kidlaş lozim.
Qarorda issiqxonalarda energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, energiya tejamkor va muqobil energiya texnologiyalarini joriy etiş, isitiş qozonlarini texnik jihatdan takomillaştiriş, çang-gaz tozalaş uskunalari hamda avtomatik monitoring tizimlaridan foydalaniş, atmosfera havosiga çiqariladigan ifloslantiruvçi moddalarni belgilangan meyorlar doirasida saqlaş talablari nazarda tutilgan.
Şuningdek, isitiş qozonlaridan çiqadigan taşlamalarni nazorat qiliş, kul, şlam va boşqa çiqindilarni belgilangan tartibda yiğiş hamda utilizasiya qiliş, ekologik xavfli materiallarni yoqilği sifatida işlatişga yöl qöymaslik böyiça talablar belgilangan. Jumladan, şina, plastmassa, rezina, işlatilgan moylar va şu kabi materiallarni yoqişning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirişga alohida e’tibor qaratilgan.
Qarorda issiqxona xöjaliklarini modernizasiya qiliş, energiya tejamkor uskunalarni joriy etiş va ekologik talablarga muvofiqlaştiriş uçun moliyaviy qöllab-quvvatlaş mexanizmlari ham nazarda tutilgan. Ular qatorida belgilangan şartlar asosida subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratiş çoralari mavjud.
Ta’kidlaş joizki, issiqxona xöjaliklarini tabiiy gaz bilan ta’minlaş masalalari amaldagi qonunçilik talablari va belgilangan tartiblar asosida körib çiqiladi. Bunda energiya resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik xavfsizlikni ta’minlaş va atrof-muhitni muhofaza qiliş talablariga rioya etiş muhim ahamiyatga ega.
Örganiş davomida tadbirkorga issiqxona faoliyatini yanada rivojlantiriş, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş va ekologik talablarga rioya qiliş yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi.
Qişloq xöjaligi vazirligi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini belgilangan tartibda örganiş, ularning faoliyatini rivojlantirişga kömaklaşiş hamda sohadagi mavjud masalalarni vakolat doirasida hal etiş böyiça işlarni davom ettiradi.
