IFAD bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-10-15 13:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan agrar islohotlar, shuningdek, “Agrobiznes uchun samarali yechimlar: yuqori daromad, investitsiya va barqarorlik” loyihasining amalga oshirilishi va istiqbollari muhokama qilindi.
IFAD vitse-prezidenti O‘zbekistonni oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi sohasida mintaqadagi yetakchi davlat sifatida e’tirof etib, tashkilotning Markaziy Osiyodagi yagona ofisi Toshkent shahrida tashkil etilganini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan grant loyihalari doirasida qishloq xo‘jaligida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, tarmoqni mexanizatsiyalash, dron texnologiyalaridan foydalanish hamda qo‘shma loyihalarni davom ettirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.


