Hosilni tez va sifatli terib olish — bugungi dolzarb vazifa
2024-09-24 16:00:00 / Yangiliklar

Vazirning navbatdagi manzili Buxoro tumanidagi "Oybek" fermer xo‘jaligiga qarashli paxta maydoni bo‘ldi. Fermer xo‘jaligiga qarashli umumiy hisobda 40 gektar maydonga "Porloq-4" navi ekilgan bo‘lib, birinchi terimning o‘zidan 40 sentner hosil olingan bo‘lsa, ikkinchi terimdan 20 sentner hosil kutilmoqda.
Vazir, o‘z navbatida, dala maydonini ko‘zdan kechirar ekan, ko‘saklar yaxshi ochilishi uchun xlorid-magniy bilan defoliatsiya qilish kerakligini aytib o‘tdi. Bu orqali ko‘zlangan maqsadga yetishishda ortiqcha muammolarsiz, hosilni nest-nobud qilmasdan terib olishga zamin yaratilishi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, yuqori hosil olish yuzasidan ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
Maqsad esa, paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajribasi hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish va bu orqali dehqon-fermerlar manfaatini oshirishdan iborat.





