O‘simliklarda kechadigan transpiratsiya jarayoni
2024-09-24 12:00:00 / Yangiliklar

Har qanday madaniy o‘simlik urug‘i unib chiqishidan oldin ma’lum miqdorda suv shimadi. O‘simliklar tarkibida 80-90% gacha suv bo‘ladi. O‘suv davrida o‘simliklar bu suvning asosiy qismini bug‘lantirib yuboradi.
Kuzatishlarga qaraganda, o‘simliklar butun vegetatsiya davomida o‘zlashtirgan suvning atigi 0,01-0,03% ni o‘z organizmini shakllanishi uchun sarflaydi. O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab turlicha bo‘ladi.
O‘simliklar ildizi yordamida tuproqdagi namni o‘zlashtirib, uni organizmi orqali atmosferaga bug‘latib turishi transpiratsiya, 1 gramm quruq modda hosil qilishi uchun sarflagan suv miqdori esa, transpiratsiya koeffitsiyenti deyiladi.
Tuproqning suv rejimini o‘rganish va boshqarish yo‘llarini bilish ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda katta ahamiyatga ega.



