Issiqxona texnologiyalarida xalqaro tajriba va yangi imkoniyatlar
2026-10-01 23:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda zamonaviy issiqxona texnologiyalarini joriy etish, fermerlarni o‘qitish va ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonga olib kirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘rtasida avval ham rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Hamkorlik doirasida fermerlarni zamonaviy issiqxona texnologiyalari bo‘yicha o‘qitish dasturi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, yuqori texnologiyali issiqxona komplekslarini tashkil etish, fertigatsiya texnologiyasini joriy qilish, issiqxonalarni quyosh energiyasi bilan integratsiya qilish hamda issiqxona texnologiyalari mbo‘yicha o‘quv-amaliy markaz tashkil etish takliflari ko‘rib chiqildi.
Mazkur markaz orqali fermerlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga amaliy o‘qitish, ilg‘or yechimlarni xo‘jaliklarda sinovdan o‘tkazish va muvaffaqiyatli tajribalarni boshqa fermer xo‘jaliklariga kengaytirish rejalashtirilmoqda.v


