2027-yilda meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdori
2026-09-30 15:35:00 / Yangiliklar

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2027-yil uchun oziq-ovqat balansining prognozi tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, kelgusi yilda yetishmovchilik kuzatilishi xavfi bo‘lgan mahsulotlar mavjud emasligi aniqlandi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko‘paytirish maqsadida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar miqdori 1,4 trillion so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qaroriga asosan meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, makkajo‘xori doni, dukkakli, moyli hamda sholi ekinlarini yetishtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha, yillik 14 foiz stavkada, 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga kredit ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-269-son qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari orqali kartoshka yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil qiymatining 50 foizigacha, yillik 12 foiz stavkada, 6 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga, sug‘urta polisi asosida kreditlar ajratilishi nazarda tutilgan.
