Issiqxona qurishda qanday omillarga e’tiborli bo’lish talab etiladi?
2024-09-20 10:45:00 / Yangiliklar
Quyosh nuri: Sabzavotlarni yetishtirish va issiqxonani isitish uchun quyosh nurlari zarur. Quyosh kech chiqsa yoki erta botsa, issiqxonaga uzoq muddat davomida issiqlik tushmaydi. Eng yaxshi holat – quyosh ertalab soat 9 dan avval chiqishi va 15:00 dan keyin botishidir.

Shamol: Agar issiqxona eshigi shamol esadigan tomonga qo‘yilsa, tashqaridan sovuq havo kirishi hisobiga issiqxona ichidagi havo harorati pasayadi. Shuning uchun doim eshikni shamolga teskari tarafga qo‘yish tavsiya etiladi.
Qor: Ko‘p qor yog‘adigan hududlarda polietilen bilan tortilgan yuza nishabligi qor tushib ketadigan darajada katta bo‘lishi kerak.
Balandligi: Issiqxonani baland qurish bilan harorat pasayadi. Shu sababli past balandlikdagi qurilgan issiqxonaning samaradorligi baland qurilgan ayni shu o‘lchamdagi issiqxonadan ancha yuqori bo‘ladi.
