Pilla sifatini yanada oshirishda yapon texnologiyasidan foydalaniladi
2024-09-18 20:30:00 / Yangiliklar

Seminarda JICA xalqaro tashkilotining ekspertlari va Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti olimlari tomonidan ishtirokchilarga soha rivojiga oid ko‘plab mavzular yuzasidan ma’ruzalar qilindi. Tajribaga asoslangan metodlar bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.
Hozirda dunyoda yuqori sifatli ipak xom-ashyosiga talab juda yuqori. Shuning o‘zi ham, tizimga oid yangidan-yangi tajribalarni qo‘llash, shuningdek istiqbolli loyihalar ko‘lamini kengaytirishga asos bo‘ladi. Seminarning maqsadi esa, mutaxassislarni ana shunday formatda ishlash layoqatini yuksaltirishga qaratilgan.
JICA eksperti Eyka Yamadning fikricha, O‘zbekiston yuqori sifatli ipak xomashyosini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha katta salohiyatga ega. Bugungi seminarda tut daraxtlarini yetishtirishdan tortib, tayyor mahsulotni sotishgacha bo‘lgan ko‘rsatma va tavsiyalar bu soha rivojiga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz.





