Asosiy kontentga o'tish

Agrar sohani raqamlashtirish borasida Jahon banki bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi

2024-09-18 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi Agrokosmik texnologiyalarni joriy qilish bo‘limi boshlig‘i B.Maxsudov Jahon bankining shahar rivojlantirish bo‘yicha katta mutaxassisi Mohammed Nada bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, raqamlashtirish borasida o‘zaro integratsiya masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, Jahon bankining "Hududlarni barqaror rivojlantirish uchun geofazoviy infratuzilma"si (GISTD) loyihasi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan raqamlashtirish borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga kelishildi.

 

Muloqot davomida, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.  Bunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi geoaxborot tizimi, sohalar bo‘yicha ishlab chiqilgan geoportallar haqida ma'lumotlar aytib o‘tildi.

 

O‘z navbatida, Jahon banki vakillari milliy fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasining bir qismi sifatida foydalanish uchun mavjud ma’lumotlarni standartlashtirish bilan bog‘liq faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish borasida hamkorlikka tayyorligini bildirdi. 

 

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida kelgusida amalga oshirilgan va kelgusida qilishini lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

209

Oxirgi yangilanish: 2024-09-20 11:27:31

Agrar sohani raqamlashtirish borasida Jahon banki bilan hamkorlik aloqalari kengaytiriladi