Yangi avlod mashinalari 50 tonnagacha paxta termoqda
2024-09-18 14:30:00 / Yangiliklar
Bu yilgi paxta yig‘im-terim mavsumida Buxoro viloyatida Xitoyning “Boshiran” kompaniyasida ishlab chiqarilgan “Boshiran 4 MZ-2A” rusumli paxta terish mashinalaridan keng foydalanilmoqda.

Jumladan, Buxoro tumanidagi 76-90 sxemada ekilgan paxta maydonlariga ushbu yangi avlod mashinalari chiqarildi.
Zamonaviy agregatlarning unumdorligi yuqori bo‘lib, har biri yordamida kuniga 40-50 tonnagacha paxta terib olish mumkin. Eng asosiysi, paxta terish mashinalari hosilni sifatli va yo‘qotishlarsiz yig‘ishtirib olish imkonini beryapti. Buni o‘tkazilgan tajribalar ham tasdiqlamoqda.
Gap shundaki, ushbu kombaynlarda terilgan paxta dalalarida hosildorlik qo‘lga terilganga nisbatan 5-6 sentnergacha yuqoriligini ko‘rsatdi.
Shuningdek, 1 kunda 400 nafar odamning o‘rnini bosa olishi fermerlarimizga qulaylik yaratmoqda. Pirovardida “oq oltin” yomg‘irli kunlarga qoldirilmasdan sifatli terib olinadi.
