PAXTA-2024: mavsumda ilk bora 1700 ga yaqin paxta terish mashinalari ishtirok etishi kutilmoqda
2024-09-17 22:00:00 / Yangiliklar
Joriy yil paxta yig‘im-terim ishlarida respublika bo‘yicha jami 1 690 dona, shundan 609 dona 2024 yilda yangi lizing asosida xarid qilinadigan paxta terish mashinalari qatnashishi rejalashtirilgan.

Bu yil ilk bora imtiyozli lizing shartlari asosida 600 dan ortiq yuqori unumli paxta terish mashinalarini joylardagi fermer xo‘jaliklari va klasterlarga yetkazib berilishi kutilmoqda.


