Xitoy kompaniyasi bilan qishloq xo‘jaligida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, Jizzax viloyatidagi yaylov yerlarini o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu hududlarda Xitoy tajribasi asosida soya, makkajo‘xori, bug‘doy va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘larini olib kelib, tajriba tariqasida ekish rejalashtirilmoqda.
Tajriba jarayonida mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan, yuqori hosildorlik ko‘rsatkichlarini namoyon etgan urug‘lar aniqlanib, keyingi bosqichda ularni ko‘paytirish va keng maydonlarda yetishtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Uchrashuvda, shuningdek, sho‘rlangan yerlarni o‘rganish, ularning meliorativ holatini baholash hamda bunday yerlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirish, tajriba-sinov ishlarini amaliyotga tatbiq etish va istiqbolda samarali natijalarni keng joriy etish yuzasidan fikr almashdilar.




