Hosilni terimgacha to‘g‘ri boshqarish — yuqori natijaning muhim omili
2026-09-15 11:45:00 / Yangiliklar

Biroq hosilni to‘laqonli ochiltirish va yig‘im-terimga sifatli tayyorlash uchun daladagi desikatsiya tadbirlarini to‘liq yakunlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, vazir “Boyovutlik Humoyun” fermer xo‘jaligiga qarashli 35 gektarlik paxta dalasini ham ko‘zdan kechirdi. Bu dalada etefon o‘z vaqtida qo‘llangan, Avguron bilan ishlov berilgan va desikatsiya tadbirlari amalga oshirilgan. Natijada paxta ko‘saklari bir maromda ochilib, hosilning asosiy qismi terimga tayyor holatga keltirilgan.
Shu bilan birga, hosildorlikni yanada oshirish, o‘simlik poyasida to‘planib qolgan ozuqa moddalarini imkon qadar hosilga yo‘naltirish maqsadida yana 5 kunlik yakuniy agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi. Bunda XMD preparati bilan ishlov berish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Har ikkala daladagi kuzatuvlarning asosiy nuqtasi esa bir masalaga — g‘o‘zani to‘laqonli quritish va hosilni maksimal darajada yetiltirishga qaratildi.
Chunki yakuniy bosqichda poyaning to‘liq qurishi shunchaki tashqi ko‘rinish masalasi emas. Bu o‘simlik tarkibidagi mavjud ozuqa moddalarining hosilga maksimal darajada o‘tishini ta’minlovchi muhim agrotexnik jarayondir. Poya o‘zidagi ozuqani hosilga bergani sari chigit va tola yetilishi yanada to‘liq kechadi.









