Aholi bandligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan fabrika
2024-09-14 10:00:00 / Yangiliklar

Vazirning navbatdagi lokatsiyasi Qorao‘zak tumanidagi "Qoraqalpog‘iston agroklaster" MChJga qarashli "Qorao‘zek tekstil" fabrikasi bo‘ldi.
Mazkur fabrika tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, turli ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda turuvchi yoshlar hamda xotin-qizlarni bandligini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatmoqda.
Shu jumladan, qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish orqali chekka hududlardagi aholi bandligini ta’minlash borasida ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mazkur fabrika xodimlariga ham qulay sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular dastlab o‘qitilib, so‘ngra fabrikaning o‘ziga ishga yo‘naltirilmoqda. Ayni ushbu korxona ishga tushishi bilan 400 ga yaqin xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Ularga bu yerda o‘qish, ovqatlanish bepul tarzda amalga oshiriladi. Fabrikada asosan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu mahsulotlar ham ichki bozorga, ham tashqi bozorga yo‘naltirilgan.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bu yerdagi ish jarayoni bilan tanishar ekan, bu kabi fabrikalarni chekka-chekka hududlarda tashkil etish orqali aholi bandligi ta’minlanishini, bundan tashqari ichki bozorda trikotaj mahsulotlarining narx balansi yuzaga kelishini ma’lum qildi.









