Yaylovlardan foydalanish samaradorligini oshirish – bugunning muhim vazifasi
2026-08-27 19:05:00 / Yangiliklar

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Navoiy viloyatidagi yaylov yerlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish natijalari bo‘yicha Ishchi guruh hisoboti hamda ushbu hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalariga oid taqdimotlar muhokama qilindi.
Taqdimotlar bilan tanishar ekan, vazir Ibrohim Abdurahmonov mavjud yaylov yerlarining samaradorligini oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Har bir tashabbus va loyihani chuqur tahlil qilish, ilmiy yondashuvlar asosida amaliy yechimlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Bu boradagi vazifalarga yuksak mas’uliyat va vatanparvarlik ruhi bilan yondashish lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida yaylovlar salohiyatidan to‘liq foydalanish, ularning mahsuldorligini oshirish, zamonaviy usullarni joriy etish va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.









