Samarqandda yuqori sifatli uzumdan mayiz tayyorlanmoqda
2024-09-10 09:30:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati Samarqand tumanida joylashgan "Ismatova Mashxura" fermer xo‘jaligiga qarashli 4 gеktar maydonda uzumning "Qora kishmish" va "Gigant" navlari pishib yetilgan bo‘lib, ayni paytda uzumlarni quritib, mayiz qilish jarayonlari boshlandi.

Mayiz tayyorlashda birlamchi xomashyo – uzumning sifati juda muhimdir. Yaʼni, olingan uzum hosilida mevalari yirik, uzum boshlarining zichligi esa maqbul darajada bo‘lishi kerak. Buning uchun uzum yetishtirish davrida ancha mehnat va barcha zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish talab etiladi.




