Kartoshkaning qaysi turi iste’molda xavfli hisoblanadi?
2024-09-08 10:00:00 / Yangiliklar

Yashil kartoshka pishirilganda ham undagi solanin yo‘qolmaydi. Uni uzoq vaqt qovursangiz ham zararli moddalarni o‘zida saqlab qolaveradi. Bunday kartoshkani hattoki hayvonlarga ham yedirib bo‘lmaydi.
Agar kartoshkaning ko‘kargan joyi kichkina bo‘lsa ham, demak, solanin nafaqat unda, balki umuman kartoshkaning butun tashqi qatlamida mavjud bo‘ladi. Shuning uchun, bunday holda, nafaqat ko‘kargan qismini kesib tashlash, balki butun sabzavotni juda qalin tozalash kerak.
Bunday ko‘kargan kartoshkadan ekish uchun foydalansa bo‘ladi. Bunday sabzavotlar mukammal tarzda o‘sadi. Chunki har qanday hasharot va boshqa zararkunandalar bunday kartoshkani iste’mol qilishdan bosh tortadi.
O‘zi kartoshka nega ko‘karadi?
Kartoshka yerda pishib yetiladi. U qorong‘ida o‘z rangini saqlab qoladi. Ammo kartoshka qazilib, yorug‘likka qo‘yilganda, sabzavotga tushgan quyosh nurlari unda fotosintez jarayonini keltirib chiqaradi, buning natijasida sirt yashil rangga aylanadi.
Ammo organizm uchun fotosintez emas, balki ildizlarda parallel ravishda hosil bo‘ladigan zahar – solanin xavflidir. Bundan tashqari, solanin va dunyodagi barcha o‘simliklarda hosil bo‘lgan xlorofill kartoshkani ko‘kartiradi. Quyosh nuri esa, uni yanada ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Shunday ekan, kartoshka yetishtirish va saqlash vaqtida sifat holatiga e’tibor qaratish lozim. Mahsulot ko‘kargan bo‘lsa, demak uni shunchaki tashlab yuborish kerak bo‘ladi. Aks holda, salomatligingiz uchun xavf yanada ortadi.



