Hayvonlarni identifikatsiya qilishdan maqsad hayvon egasiga jarima solish yoki aholiga ortiqcha muammo yaratish emas
2026-08-07 11:05:00 / Yangiliklar
Bu tizim, avvalo, hayvonlar haqida aniq ma’lumot yuritish, ularning sog‘lig‘ini nazorat qilish hamda inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi kuydirgi, quturish, brutsellyoz, exinokokkoz kabi kasalliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Agar hayvonda yuqumli kasallik aniqlansa, identifikatsiya tizimi orqali uning manbai, u bilan aloqada bo‘lgan boshqa hayvonlar va xavfli hududlar tezda aniqlanadi.
Shuningdek, go‘sht, sut va boshqa chorvachilik mahsulotlarining qayerda yetishtirilgani, hayvonning sog‘lig‘i hamda veterinariya ko‘rigidan o‘tgani haqida ishonchli ma’lumot shakllanadi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish — bu jarima tizimi emas, balki inson salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va xavfsiz chorvachilikni ta’minlashga qaratilgan muhim qadamdir.
