Farg‘onada agrosohani raqamlashtirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
2026-08-03 19:35:00 / Yangiliklar

Seminar davomida ishtirokchilarga "Agrotarozi" axborot tizimini hududlarda samarali joriy etish, undan to‘g‘ri foydalanish mexanizmlari hamda mazkur platformaning amaliyotdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 381-sonli qarori ijrosini ta’minlash, Agroportalning mavjud imkoniyatlari, "Agrosubsidiya" axborot tizimi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimining afzalliklari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlari, fermer va klasterlar uchun yaratilgan elektron xizmatlar, ma’lumotlar bilan ishlash tartibi hamda raqamli platformalarning sohada shaffoflik va samaradorlikni oshirishdagi o‘rni haqida batafsil tushunchalar berildi.
Ta’kidlanganidek, agrosohani raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish, zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish va davlat xizmatlarini raqamli formatga o‘tkazish qishloq xo‘jaligida boshqaruv sifatini yanada oshirish, fermer va dehqonlarga qulaylik yaratish hamda sohaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



