Yerlarni qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish uchun foizlar ajratiladi
2024-08-23 12:10:00 / Press-relizlar

PQ-153-sonli qarorga muvofiq qo‘shimcha yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va muomalaga qaytarish uchun quyidagilar ajratiladi:
➖ Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 200 mlrd so‘m miqdorida foizsiz qarz mablag‘lari;
➖ 2024-yil uchun Davlat byudjeti parametrlarida sug‘oriladigan yer maydonlari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan cho‘l hududidagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 mlrd so‘m;
➖ xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari;
➖ ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun yetishmaydigan mablag‘larning bir qismi - Qoraqalpog‘iston byudjeti va viloyatlar mahalliy byudjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan.
Ushbu mablag‘lar quyidagi vazifalarni hal qilish uchun yo‘naltiriladi:
➖ vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ilash, nasos agregatlarini montaj qilish va ishga tushirish;
➖ daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv olish uchun zarur vositalarni xarid qilish va o‘rnatish;
➖ sug‘orish (ariqlar, kanallar) va kollektor tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
➖ yangi o‘zlashtirilayotgan va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanilayotgan yer uchastkalarini lazer qurilmali tekislash agregatlari bilan tekislash.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
➖ yangidan o‘zlashtirilishi va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritilishi lozim bo‘lgan yer uchastkalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish;
➖ yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
➖ ushbu yer uchastkalarini qabul qilish;
➖ yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligida qayta foydalanish bo‘yicha tadbirlarga ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat.
