Belarusda bolalar oziq-ovqatini ishlab chiqarish tajribasi oʻrganildi
2026-07-11 12:30:00 / Yangiliklar

Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Minsk viloyatining Kletsk shahrida joylashgan “Gamma vkusa” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida korxonada bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot turlari, ishlab chiqarish quvvatlari hamda sifat nazorati tizimi o‘rganildi.
Xususan, go‘sht, sut hamda meva-sabzavot xomashyosi asosida bolalar oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or texnologiyalar va tajribalarni o‘rganish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Belarusning bolalar oziq-ovqati ishlab chiqaruvchi korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, savdo aylanmasini kengaytirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va qo‘shma amaliy loyihalarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashdilar.


