“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi
2026-10-09 10:40:00 / Yangiliklar

Mazkur qarorga muvofiq, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirishni kengaytirish, shuningdek, qog‘ozdan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirish choralari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, bugun vazirlikda “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish tartibi belgilandi.
Ushbu tashabbus doirasida:
— barcha ichki va tashqi hujjatlar to‘liq elektron shaklda yuritiladi;
— qog‘oz hujjatlardan foydalanish maksimal darajada cheklanadi;
— raqamli boshqaruv tizimlari samaradorligi oshiriladi;
— ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shiladi.
Mazkur ekoaksiya davlat organlarida zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirish, raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda “yashil ofis” tamoyillarini joriy etishga xizmat qiladi.
