Yoshlar kuni: tarixiy xotira va ma’naviyat sari yana bir qadam
2026-07-09 18:30:00 / Yangiliklar

Tadbir “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
Tashrif davomida yoshlar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, qatag‘on yillarida begunoh qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning ayanchli taqdiri, shuningdek, yurt ravnaqi, ilm-fan va ma’rifat taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning hayoti hamda faoliyati haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Muloqot chog‘ida yoshlar bilan tarixiy xotirani asrash, Vatanga sadoqat, milliy o‘zlikni anglash va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligida yosh xodimlarning intellektual salohiyati, ma’naviy kamoloti va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Yakunda bunday tashriflar yoshlarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, milliy qadriyatlarga sadoqatini mustahkamlash va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.






