Qo‘y go‘ngi ekin ildizini kuydirishi mumkinmi?
2024-08-09 12:40:00 / Yangiliklar
Qo‘y go‘nglari deyarli ko‘pgina hovlilarda yig‘ilib qoladi, lekin uni ekinlarni o‘g‘itlashda ishlatilgan vaqtda ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu turdagi o‘g‘itlarni qo‘llashda ehtiyotkorlik qilinmasa, o‘simliklar ildizini kuydirib qo‘yishi mumkin.

Qo‘y go‘ngi tarkibida shunday bakteriyalar mavjudki, ular o‘g‘it tarkibidagi Azotni boshqa birikmalarga, ya’ni Ammiak va Metan gazlariga aylantiradi. Shuning ta’sirida 1 kg go‘ng 0,62 kv.m gacha gazlar chiqaradi. Uning asosiy qismi esa, metandir.
Aynan Metan gazi ko‘pincha ekinlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham qo‘y go‘ngini kompost yoki chiritilgan holida ishlatilishi kerak.
Uning tarkibi quyidagicha: suv - 65%, organik moddalar - 31,8%, azot - 0,83%, kaliy - 0,67%, kalsiy - 0,33%, fosfor - 0,23%.
Kompost tayyorlashda organik o‘g‘itlardan unga qurigan va maydalangan makkajo‘xori, pomidor, sholi va bug‘doy qoldiqlari qo‘shilishi mumkin. Yangi qo‘y go‘ngini kuzda yerga solinganda tuproq bilan ko‘milishi kerak.


